🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​​ Quyonchilik sohasi Bugungi kunda quyonchilik iqtisodiyoti | MKBANK

​​ Quyonchilik sohasi

Bugungi kunda quyonchilik iqtisodiyotimiz rivojiga oʼzining salmoqli hissasini qoʼsha oladigan istiqbolli sohalardan biri deya eʼtirof etilmoqda.

Nima uchun istiqbolli soha?

Bitta ona quyon bir yilda tabiiy uy sharoitida besh marta, har safar minimum besh oltitadan bolalaydi. Bu o‘ttiztaga ko‘paydi, degani. Yana bir tomoni, yil boshida tug‘ilgan quyonchalar yil oxiriga kelib, o‘zlari ham bolalaydi. Xullas, shu vaqt ichida quyonlar soni qariyb 140 taga yetib, 300 kilogrammgacha go‘sht olish imkoniyati vujudga keladi. Endi o‘zingiz hisoblab ko‘ravering, bitta quyon bir xonadonga qanchalik foyda keltiradi?

Bunda, albatta, quyon go‘shti ichki bozorimizda o‘rtacha 40-45 ming so‘m, jahon bozorida esa 6-7 dollar turishini, uning mo‘ynasiga talab ham kam emasligini va boshqa foydali jihatlarini ham inobatga oling.

Ajratilayotgan kreditlar!

Mikrokreditbank tomonidan quyonchilik faoliyatini rivojlantirishga joriy yilda 1009 ta mijozga 176,5 mlrd.soʼm, shundan 41 ta yuridik shaxslarga 152,1 mlrd. soʼm, 968 ta jismoniy shaxslarga 24,4 mlrd.soʼm kredit ajratildi.

2021 yil davomida quyonchilik yoʼnalishidagi 56 ta loyihaga umumiy qiymati 317,4 mlrd.soʼm miqdorida mablagʼ yoʼnaltirilishi, shuning 200,9 mlrd. soʼmi bank krediti hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | You tube