🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Mikrokreditbank mijozlarini ogohlantiradi! So'nggi paytlarda | MKBANK

Mikrokreditbank mijozlarini ogohlantiradi!

So'nggi paytlarda firibgarlar bank to'lov kartalari shaxsiy ma'lumotlarini ayrim yo'llar bilan olish hollari ko'paymoqda. Ular o’zini bank xodimlari, to'lov tizimlar operatorlari yoki bankning xavfsizlik xizmati xodimlari deb tanishtiradilar.

Ogoh bo'ling

Bank xodimlari HECH QACHON shaxsiy ma'lumotlar, PIN-kodlar, bir martalik SMS-kodlar va parollarni taqdim etish iltimosi bilan qo'ng'iroq qilmaydilar.

Barcha pul operatsiyalari avtomatlashtirilgan va shifrlangan. Agar sizning hisobingiz xavf ostida ekanligi haqida xabar olsangiz, MKB Mobile ilovasi orqali bank kartangizni bloklang. Shuningdek, bizning aloqa markazimizga qo'ng'iroq qiling, vaziyat haqida bizga xabar bering va bank xodimining tavsiyalariga amal qiling:

1285

Hushyor bo'ling va bu haqida yaqinlaringizni ham ogohlatirish esdan chiqmasin

Telegram | Facebook | Instagram | You tube