Get Mystery Box with random crypto!

Andijonlik tadbirkor ayolni Prezident mukofotladi - Tadbirko | MKBANK

Andijonlik tadbirkor ayolni Prezident mukofotladi

- Tadbirkor va shijoatli ayolning "Urganji" mahallasida qilgan ishlari menga juda ma’qul bo‘ldi. Shuning uchun "Mikrokreditbank" bu tadbirkor singlimizga 5 milliard so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratadi, - dedi Prezident, Andijon viloyatiga qilgan safarida.

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi andijonlik Umidaxon Usmonova oʼz xonadonida yetarli sharoit yoʼqligiga qaramasdan, uyining mehmonxonasida parranda boqib, aholiga tarqatib kelmoqda. U bugungacha 23 ming bosh xonaki tovuq tarqatgan.

"Hozir sizlarning koʼz oldingizda Umidaxon singlimga „Mehnat shuhrati“ ordeni topshiraman", — dedi Prezident.

Joriy yilning 14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga binoan "Mikokreditbank" parrandachilik tarmog'ini moliyalashtirishga mas'ul etib belgilandi.

Telegram | Facebook| Instagram | You tube