🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Bugun 8- Dekabr Va nihoyat yana bir yil, 2021-yil, y | Milton Online English™

Bugun 8- Dekabr

Va nihoyat yana bir yil, 2021-yil,
yakuniga yetish arafasida.
Sanoqli kunlardan so'ng 2022- yil
eshik qoqadi.

2021-yil davomida siz juda ko'p
"Alhamdulillah" deyishga arzigulik
ishlar qildingizmi?

Ha? MashaAllah! Allah qilgan
amallaringizni mukofotlasin.

Yo'q? Hech tushkunlikka tushmang!
Eng asosiysi siz tushunib yetdingiz
ya'ni vaqtni behuda sarflash bizga
faqatgina salbiy natijalar olib
keladi.

"AFSUS" bu so'z juda qo'rqinchli! Bu
so'zni juda ko'p holatlarda katta
yoshdagi insonlardan eshtishimiz
mumkin. To'g'risini aytsam, men
uchun bu so'z haqiqatdan ham
qo'rqinchli. Oldingda butun boshli
yil turibti va sen ushbu vaqtni
samarali sarflashing kerakligini
bilib turib uni behuda sarflash bu
daxshat.

Hayotingizda sizga beriladigan
omad, unutilmas onlar, har bir
daqiqa v.h.k, bularning hammasi bir
martalik bo'lishi mumkin demak,
fursatni boy berish bu o'yinda
yutqazish degani.

Har bir soniyangizni qadriga yeting!
Aynan 2022 uchun rejalar tuzishni
hozirdan boshlang! Qat'iyatli bo'ling!
O'g'il bolalar uchun alohida
"QAT'IYATLI BO'LING"! Aynan biz
uchun ham imtihon ham sovg'a
sifatida taqdim etilgan hayotni baxtli
yashashga hamma haqli.

Dunyo shu qadar mukammal
yaratildiki, deyarli hamma narsani
imkoni bor! Yetarki, iymoningiz
mustahkam, maqsadlaringiz qat'iy
bo'lsin! Va siz hammasiga
erishasiz!


Isma'il

Milton English