Get Mystery Box with random crypto!

YANGI NARSALARNI O'RGANISHDA SIZ QILADIGA TOP 5 XATO! 1. Aniq | Milton Online English™

YANGI NARSALARNI O'RGANISHDA SIZ QILADIGA TOP 5 XATO!

1. Aniq yakunga ega bo'lmagan maqsad qo'yish;

Qanday?

Yomon maqsad: Bitta xorijiy tilni o'rganishim kerak shunda kelasi yil Yevropaga sayohat qila olaman!

Yaxshi maqsad: Ingliz tilini o'rganishim kerak shunda kelasi yoz Londonga bora olaman.

Mukammal maqsad: Ingliz tilini o'rganishim zarur. 2022- yil, Iyulda Garvard professori bilan NewYork'dagi Milton kafesida biznes suhbatim bo'lib o'tadi.

Farqni sezdingizmi? Mukammal maqsad kuchli aniqlikka, aniq sanalarga ega bo'ladi. Juda ko'pchilik umumiy maqsadlar qo'yadi va aynan nimadan boshlash zarur, nimaga ko'proq vaqt va kuch sarflashi zarurligini aniqlashtra olmasdan juda ko'p vaqt yo'qotadi.

2. Aravani otdan oldin qo'yish;

Oddiy qilib aytganda 10 ming so'm pul topmay turib millionlar haqida hayol surish. Yoki bizni tilda Intermediate bo'lmay turib 9.0 haqida hayol surish.

3. Ishonish qiyin bo'lgan maqsadlar qo'yish;

Ya'ni Ingliz tilida 6 oyda ona tilidek gapirish "Booknomy", "TedBook" va boshqa hayolparastlar. IELTS 8.0 bilan ham Ingliz tilini ona tilidek gapirish mushkul masala.

4. Noto'g'ri strategiya tanlash;

Agar menga daraxtni chopib yiqitishim uchun 6 soat berganingizda, 4 soatini boltamni o'tkirlashga sarflagan bo'lar edim. Strategiyalar kuchli ahamiyatga ega!

5. Hammasini yakka bajarish;

Ma'lum bir narsani o'rganishingizda sizga albatta yaxshi bir sherik, ustoz, mentor va atrofingizdagi aqlli odamlar kerak bo'ladi. Shunda siz qiyinchiliklarni chetlab o'tishga emas balki bartaraf qilishga o'rganasiz.

Ericc Uzbek

Do'stlar bilan ulashing! Kanalimiz rivojiga qo'shayotgan hissangiz uchun rahmat!

@milton_uz