Get Mystery Box with random crypto!

Hamma narsa menga qarshidek 1. Hayotda shunaqa vaziyatlarga d | "MURODBEK"BLOG

Hamma narsa menga qarshidek

1. Hayotda shunaqa vaziyatlarga duch kelganmanki go'yo hammasi menga qarshidek tuyulibketgan

2. Lekin keyinchalik o'ylab ko'radigan bo'lsam, o'sha vaqtda katta xatolar qilib keyingi undan ham atta xatodan tiyilgan bo'lgan ekanman.

3. Mana o'tgan yilni olaylik, hali tayyor bo'lmay turib o'qishni istab qoldim. Harakat qilib, ichimda qodir bo'larkanmiz degan hayollar bo'lsada hammani harakatga keltirdim. Natijada ham o'zimga ham boshqalarga zulm qilgan ekanman.

4. O'qish esa vaqti bilan mana ulardan yaxshirog'iga harakat qilayabman. Ko'proq ishonch bilan. Yana shu orada hayotimdagi eng katta burilishlardan birini yaxshi o'tkazib oldim.

5. Bu davr menga yomonlik emas, balki ba`zi yaxshi davrlarimdan ham yaxshiroq bo'lgan ekan:

6. Shu yo'l bilan orqamga qarab bir o'ylab ko'rgali vaqt bo'ladi,

7. Hayotda kerak bo'ladigan darslarda qatnashayotgan bo'laman,

8. Kimlarning haqiqatda og'ir kunida yonida turganimni bilib olaman.

9. Shunday ekan sizga ba'zi paytda omading kelmay qolsa, harakatni kuchaytiraver. Balkim bu undan ham yaxshiroq narsalarga tayyorgarlikdir.

10. Siz nima deysiz? Siz ham birnima deng

@murodbekblog