🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#Hikmat O‘tkinchi ko‘chada odamlar bir kishini mazah qilayotg | 🌸 Salihem

#Hikmat

O‘tkinchi ko‘chada odamlar bir kishini mazah qilayotganlariga guvoh bo‘ldi.

-Nega uning ustidan kulayapsizlar? deb so‘radi u odamlardan.
-Chunki u g‘irt jinni. Agar unga katta besh misqollik va kichik o‘n misqollik tanga bersangiz, u besh misqol tangani oladi, sababi o‘shanisi ko‘proq deb o‘ylaydi.

Buni isbotlash uchun, odamlar ikki tanga olib, jinniga uzatishdi. Jinni doimgidek besh misqol tangani tanladi.

Endi o‘tkinchi ajablanib o‘sha telbadan so‘radi:
-Nega sen o‘n misqol emas, besh misqol tangani tanlading?
-Qarang, u ko‘proq-ku, nima, siz buni bilmaysizmi?!

Keyin o‘tkinchi boshqalarning ketishini poylab turdi. Telba odamni bir chekkaga chorlab, aql o‘rgatmoqchi bo‘ldi.
-Nahot sen besh misqol tanga faqat hajmi bo‘yicha katta, ammo qiymati kichik ekanini bilmasang. Endi senga yana shunday desalar albatta o‘n misqollik tangani tanla! Xo‘pmi!

-Yo‘q, dedi jinni mug‘ombirona kulimsirab.
- Axir ular menga boshqa pul bermay qo‘yishadi-ku..!

Uzoqni ko‘zlab ish qilish kerak.


@Muslims_Salihem