2021-04-22 14:50:51
So‘nggi yillarda ilk marta OAV DXX bosimiga ochiq qarshi chiqdi
Kun.uz sayti Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan to‘xtovsiz bosimlar bo‘layotganini bildirib bayonot chiqardi. O‘zbek jurnalistikasida
xavfsizlik xizmatining qudratli senzurasiga qarshi bunday ochiq qarshilik so‘nggi yillarda kuzatilmagan.
“Kun.uz saytiga davlat idoralaridan, xususan, DXXning axborot xavfsizligi bo‘yicha bo‘limi tomonidan
xabarlarni o‘chirish, qaysi mavzularda yozish va qaysi mavzularda yozmaslik bo‘yicha bosimlar, bunday talablar bajarilmagan taqdirda tahririyat vakillariga
tahdidlar muntazam davom etmoqda”, – deyiladi nashr bayonotida.
Ma’lum qilinishicha, DXXning Kun.uz faoliyatiga arzimas masalalar bo‘yicha ham asossiz aralashaverishi kecha yoki bugun paydo bo‘lgan hodisa emas:
“Yillar davomida deyarli haftada bir marta bo‘lsa ham qaysidir material bo‘yicha e’tirozlar bildirilib, o‘zgartirish yoki butunlay olib tashlash haqida ko‘rsatmalar bo‘lib keladi”
.
Xpress.uz – Siz kutgan format
482 views11:50