🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Engineering Communication Toshkent shahridagi Inha universite | Nodir's Adventures

Engineering Communication

Toshkent shahridagi Inha universiteti o'tiladigan bitta fan bor. U fan asosan katta kurs talabalariga o'tiladi. Fanning nomi Engineering Communication. Bu fanni nomi eshitib qandaydir tarmoqlar (Networking), signallar haqida bo'lsa kerak deganmiz.

Aslida ushbu fanda proffesional dasturchi yoki hodim bilishi kerak bo'lgan "sirlar" ni o'rgatishadi.

Masalan,

- Qanday qilib formal E-mail yozish
- Resume tayyorlash
- Interview dan oldin nima qilish kerak, interview dan keyin nima qilish kerak
- Interview da o'zini qanday tutish
- Public speech qilish
- Ba'zi ishdagi etika estikaga oid ma'lumotlar

Ko'rib turganingizdek ushbu ko'nikmalar chet elda yoki xorijiy kompaniyalarda ishlash kerakli bo'lgan eng oddiy narsalardir. Lekin bularsiz kandidat ishlay olmaydi.

Tasavur qiling, siz formal email yozishni bilmaysiz, "subject" ya'ni xatni mazmuni bildiradigan joyiga to'liq xatni yozib yuborsangiz, kompaniyadagi HR lar osongina "ignore" qilishadi.

O'zimizda internet oldindan rivojlanmagan uchun asosiy o'zbek yoshlarida yuqoridagi sifatlar deyarli yo'q.

Shuning uchun ham O'zbekistondagi maktab va oliygohlarga ushbu fanni qo'shish kerak.

@nodir_adventure