🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Assalomu alaykum, omonmisizlar? Mana uzoq kutilgan kunlar ham | 📚 ONA TILI VA ADABIYOT | GULSHANOY ABDUXALILOVA

Assalomu alaykum, omonmisizlar? Mana uzoq kutilgan kunlar ham keldi. Kanal va guruhdagi obunachilarimizning aksariyati abituriyent bo'lganligi sababli ular uchun kechagi kun ancha kutilgan edi. Kechadan buyon obunachilarimizdan yaxshi xabarlar eshityapman. Kamtarona kanalimiz-u guruhimizni kimgadir foydasi tekkanini eshitish men uchun sharaf. Agar kimgadir yordam qilolgan bo'lsam juda xursandman.

Ayrim qadrlilarimning yuqori ball bilan "yiqilgan"ini eshitib juda xafa bo'ldim. To'g'ri, savollar saviyasini ko'rib ball ko'tarilishini bilardik, lekin bu darajada deb o'ylamagan edim. Nima bo'lganda ham, hech qachon chekinmang. Hozirdan qo'lingizga kitob oling. O'qishga bor kuchingiz bilan kirishing. Xudo xohlasa, @Ona_tili_repititor_uz kanali doim siz bilan, buni unutmang. Mana ko'rasiz, keyingi yil talaba bo'lasiz, inshaAlloh.

Biz siz bilan birgamiz.

@Ona_tili_repititor_uz