🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Hurmatli institutimiz jamoasi! Muqaddas dinimizning ezgulik va | Toshkent farmatsevtika instituti | Rasmiy kanal

Hurmatli institutimiz jamoasi!
Muqaddas dinimizning ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladigan ushbu shukuhli damlarda barchamiz, avvalo, Alloh taologa oilamiz, elu yurtimiz bilan birgalikda bugungi kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz.
Siz azizlarni va yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlarni, qolaversa butun xalqimizni Ramazon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.
Sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.
Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning shu tabarruk kunlarda qilayotgan barcha ibodatlari, ezgu duolari ijobat bo‘lsin!
Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati

@pharmi_uz