Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum va rohmatulloh. Bugun shomdan keyin Ramazonni | Powerful IELTS

Assalomu alaykum va rohmatulloh. Bugun shomdan keyin Ramazonni 26-kechasidan 27-kechasiga o'tamiz. Judayam ko'plab ulamolar Qadr kechasini 27-kecha deb ixtilof qilishgan.
Vallohu A'lam.

Zirr ibn Hubayshdan rivoyat qilinadi:

Ubay ibn Kaʼbdan: Birodaring Ibn Masʼud "Kim bir yilni bedor oʻtkazsa, Laylatul Qadrni topadi, deydimi" deb soʻradim. "Alloh unga rahm qilsin, odamlar suyanib qolmasin demoqchi boʻlgandir. Aslida uning Ramazonda ekanini, oxirgi oʻn kunlikda ekanini va yigirma yettinchi kechada ekanini aniq bilgan", dedi. Soʻngra inshaalloh demasdan qasam ichib, uning yigirma yettinchi kecha ekanini aytdi. "Buni nimaga asoslanib aytyapsan, ey Abu Munzir" dedim.

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga xabar bergan alomat asosida. Oʻsha kuni quyosh yogʻdu sochmay chiqadir", dedi.

Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan. Abu Dovudning lafzida:

Alomati nima dedim. «U kechaning tongida quyosh togʻoraga oʻxshab yogʻdu sochmay chiqadi», deyilgan.

Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qadr kechasi yigirma yettinchi kechadadir", dedilar.

Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan.

Ramazon oyidagi Qadr kechasi fazilat bobida ming oydan afzal va moʼtabardir, bu kechada qilingan ibodatlar ming oyda qilingan ibodatlardan yaxshiroqdir.