Get Mystery Box with random crypto!

​SubhanAlloh, so'rovnomadan ko'rinib turubtiki ko'pchilik 10 k | Powerful IELTS

​SubhanAlloh, so'rovnomadan ko'rinib turubtiki ko'pchilik 10 kun ichida Qur'oni Karimni o'qishni o'rganishni hohlaydi.
Demak, gap mundoq:
Ustoz Hasanxon Yaxyo Abdulmajid 2 yil avval, Qur'onni 10 kunda o'qishni o'rgatish maqsadida "10 kecha bilan qasam" nomli 10 kunlik darslar chiqardilar. Videodarslarni aksariyatini vaqti asosan 1 soatdan kamdir. Ushbu o'quv dasturida har kunlik video darsdan tashqari vazifalar va testlar ham berib borilgan. Ushbu vaqt davomida siz arab alifbosini va tajvid qoidalarini o'rganishingiz mumkin.
Darslarda qatnashish uchun sizdan arab tilida hech qanday boshlang'ich bilim talab qilinmaydi!

Demak, inshaAlloh, ertadan boshlab 10 kun davomida har kuni 1ta dars va unga doir vazifalarni kanalga tashlab boraman. Sizdan talab qilinadigan narsa - darslarni o'z vaqtida ko'rib, vazifalarni bajarish. Agar biror mavzu tushunarsiz bo'lsa izohlarda so'rang, biladiganlar Alloh qodir qilgancha yordam beramiz.

Ushbu 10 kunlik darslarni youtubedan o'zingiz ham ko'rib chiqishingiz mumkin, lekin kanalda, ko'pchilik bilan birga o'rganish ancha qiziqroq bo'ladi deb o'ylayman.

Yana bir bor ma'lumot, Qur'onni ustoz bilan jonli tarzda o'rgangan afzal, lekin ustoz topgincha fursatni boy bermay o'zingiz Alloh qodir qilgincha mustaqil o'rganib tursangiz ham zarar qilmaydi

10 kun davomida Qur'on o'qish qoidalarini o'rganib olganimizdan so'ng - ikkinchi bosqichga o'tamiz. Ikkinchi bosqichda, yana 10 kun davomida - 10ta surani o'qishni o'rganamiz. Bu esa birinchi bosqichda o'rgangan tajvid qoidalarini amalda ishlatish uchun juda kerakli bo'ladi.

Bu postni do'stlaringizga ham yuboring, buni ajri sizga ham boradi inshaAlloh .

@al_sadeeq3 - inshaAlloh birgalikda Qur'on o'qishni 10 kunda o'rganamiz