Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Illuzion rivojlanish Bilasizmi nega odamlar aqlli gaplarn | Otabek Rahimboyev

​​​​Illuzion rivojlanish

Bilasizmi nega odamlar aqlli gaplarni o'qishadi, millionerlar hayotini o'rganishadi, YouTube da "boy bo'lish sirlari" videolarini tinmay tomosha qilishadi ?

Chunki, bu rivojlanayotganlik hissini paydo qiladi. Ya'ni, ong o'zini harakat qilish majburiyatidan qutqaradi. (Xuddi, nolish singari)

Harakat, qat'iyat ortidan keladi. Qat'iyat istakni harakatga aylantiruvchi mexanizmdir.

Eslab ko'ring necha yildan beri doim izlanishdasizu, deyarli hech narsaga erishmadingiz ?

Amalda bo'lmagan bilim, hazm bo'lmagan ovqat kabidir. U Sizga kuch berish o'rniga, aksincha og'irlik qiladi !

@rakhimboyev_blog