Get Mystery Box with random crypto!

Bugun RIKS jamoasi juda ham katta yutuqqa erishdi! Koʻp yill | RIKS Education

Bugun RIKS jamoasi juda ham katta yutuqqa erishdi!

Koʻp yillar davomida fidoyilik ila oʻquv markazimizda faoliyat yuritib kelayotgan ustozimiz Iroda Saydazimova yurtmizda yoshlarimiz chet tillarini oʻrganishga qoʻshayotgan saʼy-harakatlari va taʼlim sohasiga qoʻshgan hissasi uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan “Shuhrat” medali bilan mukofotlandilar.

Taʼkidlab oʻtishimiz lozimki taʼlim sektorida, ushbu farmonda barcha ingliz tili markazlar ichidan aynan RIKS Education jamoasi aʼzosi taqdirlanganliklari biz uchun katta sharaf va masʼuliyatdir.

Davlat va xalqaro darajadagi barcha yutuqlarimiz, markazimizdagi taʼlim sifatining yuqori ekanligiga yana bir dalildir.

Ishonchingiz va qoʻllab-quvvatlayotganingiz uchun minnatdormiz!