🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

​Xabaringiz bor, kuni kecha Andijon shahri va ayrim viloyatlar | Robotics for kids

​Xabaringiz bor, kuni kecha Andijon shahri va ayrim viloyatlarda chang-qumli boʻron hodisalari kuzatildi.

“Oʻzgidromet”ning maʼlum qilishicha, ushbu hodisaga shamol va tuproqning juda quruq ustki qatlami koʻtarilib sabab boʻlgan. Poytaxt havosidagi chang miqdori meʼyordan 5 baravar oshgani qayd etilgan.

Chang va qum boʻronlari xavfli hodisa hisoblanib, uni oldindan aniqlab boʻlmaydi. Ammo u asosan choʻllarda kuzatiladi, biz esa shaharda yashaymiz, u bizga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi degan qarashlar mavjud edi. Biroq, kecha oqshomda roʻy bergan holat bu ishonchni yoʻqqa chiqardi.

Qayd etish lozimki, bu kabi hodisalar roʻy berganida asosan nafas olish aʼzolari qiynaladi. Natijada bir muddat kishi suv ham ichmasligi, ovqatlanmasligi, uxlolmasligi mumkin.
Namlangan niqob ushbu holatda qoʻl keladi. Shuningdek, iloji boricha tez-tez burunni suv yoki shoʻr suv bilan yuvish kerak.
Ogʻiz orqali nafas olmaslikka harakat qiling. Koʻp suyuqlik iching.

Agar yoʻtal kuzatilsa nima qilish kerak? Ingalyatsiya yaxshi samara beradi (issiq bugʻ bronxial shilliq qavatni tezda namlaydi). Tez-tez shamollashdan aziyat chekadigan har bir kishi surunkali respirator kasalliklarga (faringit, laringit, bronxit) ega boʻladi. Bu kabi kishilar bronxial astmada qoʻllaniladigan “nebulayzer”dan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, tuzli eritma (NaCl 0,9) ishlatilish ham tavsiya etiladi.

Salbiy taʼsirlarning oldini olish uchun namlab tozalash ishlarini amalga oshiring, agar mavjud boʻlsa, namlagichni yoqing yoki chang zarralaridan xalos boʻlish uchun aerozoldan suv bilan foydalaning. Derazalarni mahkam yoping yoki nam choyshab osib qoʻying.

O’zingizni ehtiyot qiling

@robocode_andijan