Get Mystery Box with random crypto!

YANGI OʻQUV YILIDAN BOSHLANGʻICH SINFLARDA «SCIENCE» FANI OʻTI | Музыкальный Образцовый Ансамбль МБОУ СОШ с УИОП №8

YANGI OʻQUV YILIDAN BOSHLANGʻICH SINFLARDA «SCIENCE» FANI OʻTILADI

Maʼlumki, bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar taʼlim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) SCIENCE dasturi asosida oʻqitiladi.

Endilikda Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham tabiiy fanlarni oʻzida jamlagan Tabiiy fani (SCIENCE) joriy etilishi koʻzda tutilmoqda.

Tabiiy fani ayni vaqtda oʻqitilib kelinayotgan 1-2-sinfda «Atrofimizdagi olam», 3-4 sinflarda «Tabiatshunoslik», yuqori sinflarda esa 4ta alohida fanlar, yaʼni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7 sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi.

Bu fanning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada, PISA, TIMSS, PIRLS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi.

Faqat hozircha, 2021-2022-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-2-sinflaridagina “Atrofimizdagi olam” fani oʻrniga Tabiiy fan “Science” oʻtiladi. Keyinroq esa boshqa sinflarda ham bu fan joriy etiladi.

Xalq taʼlimi vazirligining 2021-2022-oʻquv yiliga moʻljallangan tayanch oʻquv rejani tasdiqlash toʻgʻrisidagi 297-sonli buyrugʻiga muvofiq “Science” darslari boshlangʻich sinf oʻqituvchilari tomonidan oʻtilishi belgilab qoʻyilgan.


@Kosonsoytumanxtb