Get Mystery Box with random crypto!

Kuni kecha mashinani moyini alishtirish uchun ustaxonaga bordi | Shahrizodbek Omonboyev | Personal Blog

Kuni kecha mashinani moyini alishtirish uchun ustaxonaga bordim. U yerda ajib bir hodisa ro'y berdi!

Usta menga ikki xil avtomobil moyini taklif etdi:

1-avtomobil moyi jami 160.000 so'mga alishadi lekin 5.000 km masofaga yaraydi.

2-avtomobil moyi esa 245.000 so'mga alishadi va 10.000 km masofaga chidab bera oladi!

Usta esa menga 2-avtomobil moyini taklif etdi, ham vaqtdan yutasiz ( 5.000 km dan keyin yana ovora bo'lib kelib alishtirmaysiz degan ma'noda), ham 75.000 so'm ( 2 marta 5.000 km yuradigan 160.000 so'mlik moydan foydalansam 320.000 so'm undan 245.000 so'mni ayirgandagi qiymat) tejab qolasiz dedi.

Tabiiyki, men 2-avtomobil moyini tanladim!

Ustaning o'zgacha tarzda moyni yoritib berishi va o'zbekcha marketingi! Ajoyib...

@shahrizodbek_omonboyev