🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#deklaratsiya Deklaratsiya topshirishi lozim bo‘lgan fuqarola | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#deklaratsiya

Deklaratsiya topshirishi lozim bo‘lgan fuqarolarga SMS yuborildi

Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, ularning uyali telefonlariga 2023-yilda olgan daromadlari bo‘yicha joriy yil 1-aprelga qadar deklaratsiya (noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida olgan daromadlari) taqdim etishi lozimligi yuzasidan SMS yuborildi.

SMSdagi “Batafsil” havolasi orqali fuqaro olgan daromadi manbai, hisoblanishi kutilayotgan daromad soligʻi summasi va boshqa ma'lumotlar bilan tanishishi mumkin.

2023-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.
Deklaratsiya yuborish bo‘yicha videoqo‘llanma

Eʼtibor bering: SMS Soliq_uz manzilidan (Perfectum abonentlariga 6079 raqamidan) yuborilmoqda. Boshqa manzildan yuborilgan SMSlar soliq organiga tegishli emas.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads