Get Mystery Box with random crypto!

#tadbirkorlar_uchun_muhim_yangilik #TTY O‘zbekistonda tovar | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#tadbirkorlar_uchun_muhim_yangilik #TTY

O‘zbekistonda tovar-transport yuk xati elektron bo‘ladi

Tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi:
2024-yil 1-apreldan - yirik soliq toʻlovchilar uchun;
2024-yil 1-iyuldan - barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun.

Elektron TTYni rasmiylashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
yuk joʻnatuvchi elektron TTY ishtirokchilari, transport vositalari
va tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirib, ERI bilan tasdiqlaydi;
elektron hujjat almashish operatori elektron TTYga ID va QR kodlarini biriktirib uni ishtirokchi subyektlarga joʻnatadi;
yukni yetkazib berishga maʼsul shaxs oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshiradi va yuklar qabul qilganligini “Face-ID” tizimi yordamida (mobil ilova orqali) tasdiqlaydi;
yukni qabul qiluvchi oʻziga tegishli maʼlumotlarni tekshirib, kelib tushgan elektron TTYUni yuk qabul qilish jarayonida ERI bilan tasdiqlaydi yoki sababini koʻrsatgan holda rad etadi.

Elektron TTY rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari tadbirkorlar bilan muhokama qilindi

Xavfni tahlil qilish va soliq to‘lovchilarni segmentlash boshqarmasi
__________
#важная_новость_для_предпринимателей #ТТН

В Узбекистане товарно-транспортная накладная будет электронной

Система оформления, хранения и учета товарно-транспортных накладных в электронном виде будет внедрена:
с 1 апреля 2024 года - для крупных налогоплательщиков;
с 1 июля 2024 года - для всех хозяйствующих субъектов.

Оформление электронной товарно-транспортной накладной осуществляется следующим образом:
грузоотправитель формирует сведения об участниках электронной ТТН, транспортных средствах и товарах и подтверждает ее с помощью ЭЦП;
оператор электронного документооборота присваивает электронной ТТН уникальный ID и QR-код и направляет ее субъектам-участникам;
лицо, ответственное за доставку груза, проверяет касающиеся его сведения и подтверждает прием груза с помощью cистемы Face ID (через мобильное приложение);
грузополучатель проверяет касающиеся его сведения и в процессе приема груза подтверждает поступившую ему электронную ТТН с помощью ЭЦП либо отклоняет ее с указанием причины.

Обсуждение с налогоплательщиками особенностей оформления электронных ТТН

Управление анализа риска и сегментации налогоплательщиков

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads