🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#onlayn_NKT Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashish | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#onlayn_NKT

Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashish xizmatlari sohasini legallashtirishni faol davom ettirmoqda

Taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band boʻlmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish boʻyicha boshlangan ishlar yil soʻnggiga borib oʻzining ilk samarasini berdi.

Birinchidan, bozorning eng katta ishtirokchilari soliq tizimlari bilan integratsiya qilinib, taksi xizmatlari uchun fiskal chek berilyapti.

Ikkinchidan, yoʻlovchi tashish xizmati bilan shugʻullanuvchi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning rasmiy daromad manbayi shakllanib, iqtisodiy harakatlarda daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobga olina boshlandi (mehnat staji, ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib toʻlash...).

Erishilayotgan natijalar: 2023-yil dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.

Bu raqamlar yanada oʻsishda davom etyapti va 1-mart holatiga jami koʻrsatilgan taksi xizmatlari soni 18,3 mlndan oshdi. Shundan 8,9 mlntasi fevral oyiga toʻgʻri keladi. Eng yuqori aylanmaga ega shaxslar soni 8 446 ta boʻlib, bitta haydovchiga oʻrtacha 8,5 mln soʻmdan toʻgʻri kelgan.

Uchinchidan, naqd va naqdsiz hisob-kitoblarda toʻlovlarni fiskallashtirish boʻyicha hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida dekabr-fevral oylarida budjetga 9,7 mlrd soʻm soliqlar toʻlandi.

Va albatta, bu yoʻnalishda yechimini kutayotgan va oxiriga yetkazilishi kerak boʻlgan yana bir qator masalalar bor.

Batafsil
________
#онлайн_ККТ

Налоговый комитет активно продолжает легализацию сферы услуг по перевозке пассажиров в Узбекистане

Начатая к концу прошлого года работа по легализации сферы услуг такси и ведению учета доходов и оборотов на этом рынке путем узаконивания деятельности официально не трудоустроенных лиц дала свои первые результаты.

Во-первых, крупнейшие участники рынка, осуществив интеграцию с налоговыми системами, выдают фискальный чек за услуги такси.

Во-вторых, с формированием официального источника дохода самозанятых граждан, оказывающих услуги по перевозке пассажиров, сведения об этих доходах стали учитываться в экономической деятельности (трудовой стаж, ипотека, потребительские кредиты, оплата товаров в рассрочку и т.д.).

Достигнутые результаты: в декабре через онлайн-агрегаторы такси было совершено 4,4 млн поездок. Перевозку пассажиров осуществили 80,1 тысяч самозанятых водителей. В январе количество поездок увеличилось до 5 млн. Услуги по перевозке оказали 113,5 тысяч самозанятых водителей.

Эти цифры продолжают расти и по состоянию на 1 марта общее количество оказанных услуг такси превысило 18,3 млн. Из них 8,9 млн приходится на февраль. Число лиц с наибольшим оборотом составило 8 446 человек, на одного водителя в среднем пришлось 8,5 млн сумов.

В-третьих, в результате совместной работы по фискализации платежей по наличным и безналичным расчетам в бюджет за декабрь-февраль уплачено 9,7 млрд сумов налогов.

И, конечно, в этом направлении существует ряд других вопросов, ожидающих своего решения и доведения до конечного результата.

Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads