Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar 2024-yil 1-apreldan... QQS bo | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

2024-yil 1-apreldan...


QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi.

Yirik soliq toʻlovchilar
uchun tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

Neft mahsulotlari uchun qat’iy belgilangan aksiz solig‘i stavkalari 12 %ga indeksatsiya qilinadi.

Quyidagilarga aksiz solig‘i joriy etiladi:
tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) – 1 litr uchun 500 so‘m;
energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr 2 000 so'm.

Yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun yigʻim joriy etiladi.

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni “E-aktiv" axborot tizimida ixtiyoriy aks ettirish tartibining amal qilish muddati tugaydi.

Tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.
__________
#новое_в_законодательстве

С 1 апреля 2024 года...


Отменяются некоторые льготы по НДС.

Для крупных налогоплательщиков внедряется система оформления товарно-транспортных накладных в электронном виде.

Фиксированные ставки акцизного налога на нефтепродукты индексируются на 12%.

Вводится акцизный налог на:
напитки газированные, содержащие сахар или другие подслащивающие или вкусо-ароматические вещества и упакованные в потребительскую упаковку (за исключением энергетических и тонизирующих напитков) - 500 сумов за литр;
энергетические и тонизирующие напитки - 2 000 сумов за литр.

Вводится сбор грузовых автотранспортных средств и прицепов грузоподъемностью свыше 10 тонн.

Завершается срок действия порядка добровольного отражения всех операций, связанных с учетом основных средств, нематериальных активов и товарно-материальных ресурсов, в системе "E-aktiv".

Субсидии, льготы и преференции применяются к субъектам предпринимательства в зависимости от уровня их рейтинга.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads