Get Mystery Box with random crypto!

#QQS #onlayn_NKT Imtiyozlar bekor qilingandan so‘ng chekda QQ | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#QQS #onlayn_NKT

Imtiyozlar bekor qilingandan so‘ng chekda QQS stavkasi ko'rsatilishi kerak

1-apreldan
QQS boʻyicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Yaʻni quyidagilar uchun QQS to‘lanadi.

savdo aylanmasi boʻyicha:
tibbiy xizmatlar;
veterinariya xizmatlari;
dori vositalari;
veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar.


Oʻzbekiston hududiga olib kirishda:
dori vositalari;
veterinariya dori vositalari;
tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar;
shuningdek qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xomashyo.

aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
suv taʼminoti;
kanalizatsiya;
sanitariya jihatdan tozalash;
issiqlik taʼminoti.
Avval ushbu xizmatlarni koʻrsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.

Endilikda, qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari tomonidan ushbu mahsulot va xizmatlar uchun biriktirilgan MXIK kodlaridan foydalanilganda, onlayn-NKT va marketpleys cheklarida QQS stavkasi va summasi ko‘rsatilishi lozim.
VMQ-943 23.11.2019

Buning uchun Texnik xizmat koʻrsatish markaziga murojaat qilish yoxud qoʻllanma asosida onlayn-NKM va virtual kassa xotirasiga kirim qilingan mahsulot (xizmat)larning QQS stavkasi va summasini qayta sozlash tavsiya etiladi.

Ayrim mahsulot va xizmatlar uchun imtiyozlarning bekor qilinishi tufayli MXIK o'zgaradimi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads