Get Mystery Box with random crypto!

#deklaratsiya 1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya t | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#deklaratsiya

1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishning oxirgi kuni

Soliq to‘lovchilar Soliq kodeksining 393-moddasida ko‘rsatilgan daromadlari to‘g‘risidagi jami yillik deklaratsiyani hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etishi va hisoblangan soliq summasini 1-iyunidan kechiktirmay to‘lashi belgilangan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston rezidentlari ushbu sanaga qadar 2023-yilda olgan quyidagi daromadlari to‘g‘risida jami yillik deklaratsiyani topshirishlari lozim:

noturar obyektlari va 36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan hamda yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan hadya tartibida, foiz va dividend ko‘rinishida olgan daromadlari;
ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan;
moddiy naf tarzidagi;
O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan;
soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan hamda soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan boshqa daromadlari.


O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan chet el jismoniy shaxslari ham 1-apreldan kechiktirmay daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishi lozim.

2023-yilda olingan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuboriladi.

Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i to‘lovini
Soliq mobil ilovasi va boshqa to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
Deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads