Get Mystery Box with random crypto!

#imtiyoz Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarg | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#imtiyoz

Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'ini qaytarib olishi mumkin

Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotida o‘qish pullik hisoblanadi. Ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so‘m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilinadi.
O‘RQ 785-son 26.07.2022-yil

Ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etilgan.

Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?

Ota (ona) imtiyozni:
ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda qo‘llashi mumkin. Deklaratsiya yuborilgandan so'ng my.soliq.uz orqali to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza topshirish lozim.
2023-yil uchun deklaratsiya joriy yil 1-apreldan kechiktirmay taqdim etilishi lozim.
Deklaratsiya to'ldirish bo‘yicha videoqo'llanma
___________
#льготы

Родители могут вернуть налог на доходы при оплате частных детских садов и школ

Платежи до 3 млн сумов в месяц родителей, дети которых посещают негосударственные дошкольные образовательные организации и школы, освобождаются от уплаты налога на доходы.
№ ЗРУ-785 от 26.07.2022 г.

Освобождаются от налогообложения платежи родителя (усыновителя) в пределах 3 млн сумов в месяц на каждого ребенка.

Как применить льготу?

Родитель может применить льготу:
по месту работы, предоставив в бухгалтерию своей организации заявление о перечислении средств в негосударственную дошкольную или школьную образовательную организацию и счет на оплату (договор);
представив в орган государственной налоговой службы декларацию о доходах по итогам года через сайт my3.soliq.uz, прикрепив договор и квитанции. После отправки декларации необходимо также подать заявление на возврат суммы уплаченного налога через my.soliq.uz.
Декларацию за 2023 год необходимо представить не позднее 1 апреля.
Видеоинструкция по заполнению декларации

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads