Get Mystery Box with random crypto!

#qonunchilikdagi_yangiliklar “20 ming tadbirkor – 500 ming m | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qonunchilikdagi_yangiliklar

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


OʻRQ-923-son Qonun (02.04.2024) bilan ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishga asosan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” davlat dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga tabaqalashgan miqdorlarda soliq imtiyozlari va preferensiyalar taqdim etish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 482 va 483-moddalariga quyidagi qoʻshimchalar kiritilmoqda:
01.01.2025-yilga qadar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga mol-mulk va yer soliqlarini 50 %dan 100 %gacha kamaytirilgan stavkalarda toʻlash;
barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) va bojxona toʻlovlari boʻyicha taʼminotsiz va foizsiz 3 oydan 12 oygacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilmoqda.

Ushbu imtiyozlar “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlarga ular bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda beriladi:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi fuqarolar ishga qabul qilinganda, ularga 1 yil davomida har oy 1 mln soʻmdan kam boʻlmagan ish haqi toʻlaganda;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestr”dagi fuqarolar ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda.
Ushbu imtiyoz va preferensiyalar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hisob-kitoblarga koʻra mazkur imtiyozlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida 135 mlrd soʻm mablagʻlar qolishi kutilmoqda.

Izoh. Mazkur soliq imtiyozlari va preferensiyalari 01.07.2023-yildan etiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads