Get Mystery Box with random crypto!

#barqarorlik_reytingi Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etildi.

Yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor “AAA” toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;
QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);
QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalarini 3 kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilish vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinadi.

Avval bu faqat yirik soliq to‘lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasida sertifikat olgan korxonalar uchun amal qilar edi.

Endi reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.

Reytingning asosiy maqsadi – tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads