🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#barqarorlik_reytingi Talabalar uchun barqarorlik reytingi bo | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#barqarorlik_reytingi

Talabalar uchun barqarorlik reytingi bo‘yicha mahorat darsi o'tkazilmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Soliqlar va soliqqa tortish” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalari uchun barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlar – Namangan viloyatidagi “Chust Textile” xususiy korxonasi ta’sischisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik kengashi a’zosi Jamshid Ismatullaev va Toshkent viloyatidagi “Procab” MChJ direktori Tohir Sharipov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkorlar intizomli va shaffof biznes yuritish uchun barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilganini ta’kidlab, barqarorlik reytingida ko‘zda tutilgan rag‘batlantirish choralari qonun doirasida faoliyat yuritishga xizmat qilishini ta’kidladi. Avvalroq Jamshid Ismatullaev reytingning ilk natijalari – QQSni 1 kunda tekshiruvlarsiz qaytarish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan edi.

Yig‘ilishda Soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari hamda Biznes-ombudsman vakillari tadbirkorlarning barqarorlik reytingi mezonlari va ularning tadbirkorlar uchun ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Reytingning asosiy maqsadi tadbirkorlarni o‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda va o‘z vaqtida bajarishiga undash ekanligi ta’kidlandi.

Talabalar ochiq muloqotga kirishib, mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Bunday mahorat darslari quyidagi hududlarda ham tashkil etildi:
Qoraqalpog'iston Respublikasida
Xorazm viloyatida
Navoiy viloyatida
Buxoro viloyatida
___________
#рейтинг_устойчивости

У студентов проходят уроки профессионального мастерства по рейтингу устойчивости

Для студентов Ташкентского государственного экономического университета, получающих образование по направлению "Налоги и налогообложение", организована встреча с предпринимателями, у которых высокий рейтинг устойчивости, - учредителем частного предприятия Наманганской области "Chust Textile", членом Общественного совета по поддержке предпринимательства при Президенте Республики Узбекистан Жамшидом Исматуллаевым и директором ООО "Procab" в Ташкентской области Тохиром Шариповым.

Предприниматели с многолетним опытом рассказали, что для добросовестной и прозрачной работы бизнеса создаются все необходимые условия и возможности, и отметили, что внедренный рейтинг устойчивости и предусмотренные им меры поощрения стимулируют к осуществлению деятельности в рамках закона. Ранее Жамшид Исматуллаев делился первыми плодами внедрения рейтинга - возвратом НДС в течение 1 дня без проверок.

На встрече специалисты Налогового комитета, Торгово-промышленной палаты, а также представитель Бизнес-омбудсмана подробно разъяснили критерии рейтинга устойчивости, который призван мотивировать предпринимателей к добровольному и своевременному исполнению налоговых обязательств.

Студенты приняли участие в открытой дискуссии и задали экспертам интересующие их вопросы.

Такие обучающие уроки также состоялись:
в Республике Каракалпакстан
в Хорезмской области
в Навоийской области
в Бухарской области

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads