Get Mystery Box with random crypto!

#QQS Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#QQS

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana sotishda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilish belgilangan.  Bunda 12% QQS summasi ham ustamaning tarkibida bo‘ladimi?


Chetdan olib kelinadigan va mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari vositachilar sonidan qatʼiy nazar ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda ustama belgilandi.
Chakana savdoda esa, ulgurji narxidan 20 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llaniladi.
Ijtimoiy dorixonalar tomonidan ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, xarid qilish narxi yoki ulgurji narxning 10%idan ortiq bo‘lmagan cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda sotiladi.
VMQ-185-son 06.04.2017-yil

Bunda tovar tannarxiga dastlab ulgurji savdoda ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) QQSsiz narxiga 15%, chakana savdoda ulgurji narxiga 20 % miqdorida ustama qo‘yiladi va 12 % miqdorida QQS hisoblab realizatsiya qilinadi.
Soliq kodeksi-248-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads