Get Mystery Box with random crypto!

#uchrashuv #hamkorlik Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#uchrashuv #hamkorlik

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va kadrlar malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik

Soliq qo’mitasi rais o‘rinbosari Ulug‘bek Sa’dullayev, qo‘mita rahbar-xodimlari va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti prorektori, professor Sultonali Mehmonov boshchiligidagi universitet jamoasi mutasaddilari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Unda mamlakatimizda soliq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga mos holda, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ularning salohiyatini doimiy rivojlantirib borish uchun zarur boʻlgan strategiyalarni hamkorlikda ishlab chiqish hamda taʼlim va oʻquv dasturlari yaratish, maqsadli amaliyot rejalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida yuqorida muhokama qilingan yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro Hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolashga kelishib olindi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads