🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#mobil_ilova Endilikda bizga Soliq mobil ilovasi orqali ham x | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mobil_ilova

Endilikda bizga Soliq mobil ilovasi orqali ham xabar yuborishingiz mumkin

Foydalanuvchilar uchun ilovaning yangi 1.4.6 versiyasida mazkur imkoniyat yaratildi. Xabar yuborish uchun ilovaning "Personal xizmatlar" bo‘limidan "Xabar yuborish" menyusi tanlanadi.

Shuningdek, ilovaning "Tovar-transport yuk xati" xizmati orqali yuk tashuvchi haydovchilar elektron tovar-transport yuk xatini qabul qilishi va topshirishi mumkin.

Bundan tashqari, ilovaning boshqa xizmatlari takomillashtirilib "Ijaraga berish" xizmatida mulklarni norezidentlarga ijaraga berish imkoniyati yaratildi.

Ilovani hoziroq yangilab oling Android / iOS

Soliq mobil ilovasida qariyb 6 mlndan ortiq fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads