Get Mystery Box with random crypto!

#mahallabay “Mahallabay” ishlash tizimi soliq inspektoriga ha | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mahallabay

“Mahallabay” ishlash tizimi soliq inspektoriga ham soliq to‘lovchiga ham birday manfaatli


“Mahallabay” ishlash tizimi doirasida soliq inspektorlari tomonidan soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, joylarda olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida aholining soliq savodxonligi ortib, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish ko‘rsatkichlari tobora o‘sib bormoqda.

Shu bilan birga mazkur yo‘nalishda yuqori ko‘rsatkichlarga erishayotgan soliq organlari xodimlari ham munosib rag‘batlantirilmoqda.

Oltinsoy tumani Aliboy Bo‘tayev nomidagi, “Bibizaynab” hamda “Botosh” mahallalariga biriktirilgan soliq inspektori Shamsiddin Yunusov o‘ziga berilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarib hamkasblariga namuna ko‘rsatmoqda.

Namangan viloyatida “mahallabay” ishlash tizimi natijalari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads