🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#barqarorlik_reytingi Hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#barqarorlik_reytingi

Hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda to‘lash tadbirkorlar reytingini oshirmoqda

Yuqori reytingda bo'lgan tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, reytingdagi ballarning pasayishiga soliq hisobotlarini o'z vaqtida taqdim etmaslik va soliqlarni kechikib to'lash asosiy sabab bo'lmoqda. Shuningdek, bir nafar xodimga to‘g‘ri keladigan ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lish holatlari ham reytingni pasaytiradi.

Respublikaning barcha hududlaridagi tadbirkorlarga soliq organlari tomonidan reyting mezonlari bo‘yicha tushuntirishlar berilib, belgilangan muddatlarda soliq majburiyatlarini bajarishga yordam ko‘rsatilmoqda.

To'liq videoni YouTube orqali ko‘rishingiz mumkin

Tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlari
Reyting maʼlumotlarini my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda kuzatib boring
___________
#рейтинг_устойчивости

Представление отчетности и уплата налогов в установленный законодательством срок повышают рейтинг предпринимателя

Предприниматели с высоким рейтингом поощряются. Для налогоплательщиков с низким рейтингом не предусмотрены меры наказания.

Анализ показал, что основными причинами снижения баллов в рейтинге служит несвоевременное представление налоговой отчетности и уплата налогов. Также имеют место случаи, когда на одного сотрудника приходится заработная плата меньше минимального размера оплаты труда.

Предпринимателям во всех регионах республики налоговыми органами предоставляются разъяснения по критериям рейтинга и оказывается содействие в исполнении налоговых обязательств в установленные сроки.

Полную запись репортажа можно посмотреть в YouTube

Критерии рейтинга устойчивости предпринимателей
Отслеживать рейтинг можно через персональный кабинет на my3.soliq.uz

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads