Get Mystery Box with random crypto!

#QQS QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summ | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

I chorakda soliq to‘lovchilarga 5 trln so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
_________
#НДС

За возмещением сумм НДС можно обратиться при представлении налоговой отчетности

Налогоплательщику не нужно подавать заявление в налоговые органы о возмещении (возврате) отрицательной суммы НДС. Уведомить об этом можно, если указать эту сумму при представлении налоговой отчетности.

Для этого в форме отчетности в разделе "Сведения о плательщике налога на добавленную стоимость" размещена соответствующая таблица. В ячейках желтого цвета информация заполняется автоматически. В ячейках голубого цвета необходимо вручную указать:
возмещаемую сумму НДС;
нужно ли засчитать эту сумму в счет предстоящих платежей по НДС;
какой порядок возмещения применять: общий или ускоренный.

Налоговые органы рассматривают обращение в общем порядке в течение 30 дней с даты уведомления, а при ускоренном порядке не позднее 7 дней и направляют копию решения о возврате (или отказе в возврате) отрицательной суммы НДС через персональный кабинет налогоплательщика.
Кто имеет право на на ускоренный порядок возмещения НДС?

За I квартал налогоплательщикам возместили свыше 5 трлн сумов НДС

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads