Get Mystery Box with random crypto!

#matbuot_anjumani #taksi Soliq mobil ilovasida bepul roʻyxat | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#matbuot_anjumani #taksi

Soliq mobil ilovasida bepul roʻyxatdan oʻtgan holda daromad soligʻidan imtiyozga ega boʻlib, bugungi kunda 481,4 ming nafar haydovchi oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanmoqda. Eʼtiborlisi shundaki ularni 1 500 nafarga yaqin ayol haydovchilar.

213,1 ming nafari
soliq organlari axborot tizimlari bilan toʻliq integratsiya qilingan 6 ta onlayn-taksi agregatorlari (Yandex, Uklon, MyTaxi, Intellekt servis, Promo Technology group, TOTMEGA) orqali faoliyat yuritmoqda.

2024-yilning oʻtgan davrida ular tomonidan toʻlangan soliqlar 20,4 mlrd soʻmni tashkil etgan. Koʻrsatilayotgan har bir tashish xizmati uchun elektron fiskal chek shakllanmoqda.

Fiskal chek berilishi hisobiga yil boshidan 866,3 mlrd soʻm shundan, yanvar oyida 73,8 mlrd soʻm, fevral oyida 159,4 mlrd soʻm, mart oyida 414,1 mlrd soʻm, aprel oyida 219 mlrd soʻm daromadlari rasmiylashtirildi. Shuningdek, integratsiya qilish boʻyicha yana 125 ta agregatorga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads