🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#qayta_aloqa #mol_mulk_soligi Soliq mobil ilovasi orqali ona | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#qayta_aloqa #mol_mulk_soligi

Soliq mobil ilovasi orqali onam uchun mol-mulk solig‘ini to‘lamoqchiman. Ammo ilovaning “Ota-onam soliqlarini to‘lash” bo‘limida boshqa fuqaro ko‘rsatilgan. Buni qanday qilib to‘g‘rilash mumkin?


Soliq organlarida mol-mulk va yer solig‘i to‘lovchilarining o‘zi hamda yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining “Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri”dan avtomatik shakllanadi.

“Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestri” ma’lumotlari esa FHDY organlarining axborot bazasidan shakllanadi.

Soliq mobil ilovasi “Ota-onam soliqlarini to‘lash” bo‘limida ota-onaning ma’lumotlarida tafovut aniqlangan taqdirda, Personallashtirish agentligi yoki FHDY organlariga murojaat qilish lozim.
______
#обратная_связь
#налог_на_имущество #земельный_налог

- У меня в мобильном приложении Soliq в разделе «Оплата налогов моих родителей» указаны другие люди. Как можно исправить ошибку, я хочу оплатить налоги?

- В информационной базе налоговых органов все сведения о плательщиках налога на имущество и земельного налога, а также их близких родственниках формируются автоматически согласно интеграции с «Государственным реестром баз персональных данных» Агентства персонализации при Министерстве юстиции.

В свою очередь сведения «Государственного реестра баз персональных данных» формируются на основе информационной базы органов ЗАГСа.

В случае обнаружения расхождений в информации об отце либо матери в разделе «Оплата налогов моих родителей» мобильного приложения Soliq следует обратиться в Агентство персонализации или в органы ЗАГСа.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads