🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#antikorrupsiya Xodimlarda korrupsiyaga qarshi immunitet shak | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#antikorrupsiya

Xodimlarda korrupsiyaga qarshi immunitet shakllantirish muhim vazifa


Joriy yilning 3-may kuni Soliq qoʻmitasida oʻtkazilgan majlisda Qoʻmita Raisi oʻrinbosari U.Sadullayev tizim xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan murojaat qildi.

Yigʻilishda Qoʻmita markaziy apparati, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi hamda hududiy soliq xizmati organlari xodimlari ishitirok etdi.

Xususan, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitet shakllantirish, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda boʻlish lozim ekanligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, o‘z mansabini suiiste'mol qilgan ayrim xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsiya holatlari va ularning salbiy oqibatlari haqida maʼlumotlar berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads