Get Mystery Box with random crypto!

#markirovka Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy ayla | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#markirovka

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning sentabr-oktabr oylarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida 1 250,2 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosining oldi olindi.

Xususan, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi 137 ta tadbirkorlik subyektida hamda noqonuniy savdo bilan shugʻullanayotgan 350 nafar fuqarolarga nisbatan oʻtkazilgan tekshirishlar natijasida jami 752,6 mln soʻmlik 31 582 dona alkogol mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan:
74 ta holatda 14 075 dona 302,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali;
14 ta holatda 853 dona 25,1 mln soʻmlik aksiz markasiz;
17 ta holatda 999 dona 138,2 mln soʻmlik eski namunadagi aksiz markali;
12 ta holatda 900 dona 21,2 mln soʻmlik raqamli markirovkalanmagan;
14 ta holatda 355 dona 8,8 mln soʻmlik tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz;
350 nafar fuqaro tomonidan 14 400 dona 257,2 mln soʻmlik tegishli hujjatlarsiz
alkogol mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qoʻyildi.

Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga nisbatan oʻtkazilgan tekshirishlarda jami 497,6 mln soʻmlik 40 267 quti tamaki mahsulotlari noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan:
15 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan aksiz markasiz hamda raqamli markirovkalanmagan 13 934 quti 101,6 mln soʻmlik;
302 nafar fuqaro tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan 26 333 quti 396 mln soʻmlik
tamaki mahsulotlari sotilayotganligi aniqlanib, belgilangan tartibda olib qoʻyildi.

Mazkur holatlar boʻyicha toʻplangan hujjatlar, belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Maʼlumot uchun
Raqamli markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab 12 oy muddat oʻtgandan keyin Oʻzbekiston hududida mazkur mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
VMQ-737 5-band 4-qism 20.11.2020
2021-yil 1-yanvardan — tamaki va alkogol mahsulotlarini identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi oʻrnatilgan.
VMQ-737 1-ilova 20.11.2020

Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarda aniqlangan qonun buzilish holatlari

Noqonuniy tamaki mahsulotlari sotganlarga qanday chora ko‘riladi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter