Get Mystery Box with random crypto!

#e_ijara Avtomobil ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasida | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#e_ijara

Avtomobil ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

1. Buning uchun ijaraga beruvchi jismoniy shaxs JShShIRni kiritib, Face ID yordamida shaxsini tasdiqlagan holda avtorizatsiyadan o‘tishi lozim.

2. “Personal xizmatlar” bo‘limidan “Ijaraga berish” ochilgan oynadan esa “Avtotransportni ijaraga berish” tanlanadi.

3. Ijaraga beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (FISh, hudud, tuman va manzil) avtomatik ravishda aks etadi. Telefon raqami qo‘lda kiritiladi.

4. "Ijaraga oluvchi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida:
agar ijaraga oluvchi jismoniy shaxs bo‘lsa, JShShIR ko‘rsatiladi;
agar ijaraga oluvchi yuridik shaxs bo'lsa, STIR ko‘rsatiladi.

Shundan so‘ng, ijaraga oluvchi haqidagi boshqa ma‘lumotlar (FISh, hudud, tuman va manzil) avtomatik ravishda aks etadi. Telefon raqami qo‘lda kiritiladi.

5. Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (model, davlat raqami, rangi, ishlab chiqarilgan yili va ro‘yxatga olingan joyi) ham avtomatik tarzda shakllanadi.

6. Ijara shartnomasining amal qilish muddati va oylik ijara haqi ko‘rsatiladi. Umumiy miqdor avtomatik ravishda hisoblanadi.

7. “Yuborish” tugmasi bosiladi.

Muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida ma’lumot va ijara shartnomasining raqami ekranda paydo bo‘ladi.

Malumot uchun. Soliq maqsadlarida, 2022-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari:
yengil avtomobil - 630 000 so'm;
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari - 1 250 000 so'm.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter