Get Mystery Box with random crypto!

#savol_javob #onlayn_NKM Barcha tadbirkorlar uchun 2D-skanerl | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#savol_javob #onlayn_NKM

Barcha tadbirkorlar uchun 2D-skanerlardan foydalanish majburiymi

Faqat raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual-kassa mashinalariga ulangan maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari va boshqalar) foydalanishi shart

Bunday qurilmalar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlaydi.

Ushbu talab Prezident qaroribilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan.

Raqamli markirovkaga ega mahsulotlar chakana savdosi bilan shug‘ullanmaydigan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatida ixtiyoriy asosda 2D-skanerlardan foydalanishi mumkin.

Muhim 2023-yil 1-yanvardan chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi.
PQ-5252-son 4.10.2021

Shtrix-kod va raqamli markirovka kodlarini o'qish imkoniga ega qurilmalar sotib olganlar uchun imtiyoz nazarda tutilgan.

2D-skanerlardan foydalanishning qulayligi nimada?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram