🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#EHF Qanday hollarda bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktur | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#EHF

Qanday hollarda bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi?

Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom (VMQ-489-son) 59-1 band bilan to‘ldirildi.
VMQ-471-son 22.08.2022-yil.

Soliq solish obyekti sifatida quyidagi harajat va boshqa daromadlarga bir tomonlama elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi:

aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuningdek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
aksiz tovarlarni realizasiya qilish narxi va tannarxi o‘rtasidagi ijobiy farq;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi, yaroqsizligi, kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha daromadlar;
REPO operatsiyalari bo‘yicha daromadlar;
qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha olingan daromadlar;
asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromadlar;
tekinga olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);
inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromadlar;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromadlar;
ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromadlar;
shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) o‘rnini qoplash summalari;
valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy kurs farqining salbiy kurs farqidan oshishi;
aksiyador (mulkdor, ishtirokchi, muassis) yuridik shaxs foydasiga
o‘z ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechish natijasida ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromadlar yoki yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) hissalar hisobiga ko‘paytirilganda;
Soliq kodeksining VII bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
dividendlar tarzida olingan daromadlar;
foizlar tarzida olingan daromadlar.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram