Get Mystery Box with random crypto!

#mobil_ilova #keshbek Keshbek tasdiqlash tartibi Soliq mobi | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#mobil_ilova #keshbek

Keshbek tasdiqlash tartibi

Soliq mobil ilovasining
yangilangan interfeysida (Android / iOS / Harmony OS) ro'yxatga olingan kassa cheklari ma'lumotlari detallashtirilgan.

Mening cheklarim bo‘limida "Umumiy ma'lumotlar" keshbek mablag'larini tasdiqlash tartibi to'g'risidagi "Qo‘shimcha ma'lumotlar" bilan to'ldirilgan.

Bunda keshbekni tasdiqlash uchun quyidagilar inobatga olinadi:

chekning soliq organlari maʼlumotlar bazasida mavjudligi;
chekdagi ma’lumotlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi;
*tadbirkorlik subyektining holati, ya'ni -
soliq hisoboti taqdim etganligi;
hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilganligi;
soliq qarzi to'langanligi.

– keshbek to‘liq tasdiqlansa yashil rangda aks etadi.

"Tasdiqlanish jarayonida" holati, ya'ni ko‘k rang *tadbirkorlik subyekti holatini tuzatish zarurligini bildiradi. Ular bartaraf etilishi bilan keshbek summasi tasdiqlanadi va uni biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Keshbek qachon tasdiqlanadi