Get Mystery Box with random crypto!

#imtiyoz Nodavlat sport-taʼlim muassasalari soliq imtiyozlari | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#imtiyoz

Nodavlat sport-taʼlim muassasalari soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin

Nodavlat sport-ta’lim muassasalari Soliq kodeksiga asosan ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaхslar uchun belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanishi mumkin.

Bularga quyidagi sohalarda xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar kiradi:
ta’lim;
sport inshootlarida, maktablarda, sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi klublarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini sport turlari bo‘yicha o‘quv guruhlari hamda jamoalarida o‘tkazish xizmatlari, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari;
sport musobaqalari yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini o‘tkazish xizmatlari, shuningdek ushbu tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish;
sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, anjomlarni, sport kiyim-boshlarini berib turish bo‘yicha xizmatlar.

Qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?

Foyda solig'i stavkasi 0%.
Ta’lim xizmatlari QQSdan;
Ta’lim, jismoniy tarbiya va sport obyektlari mol-mulk solig'idan;
Ta’lim muassasalari, sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari egallagan maydonlar yer solig‘idan ozod etilgan.

Batafsil
__________
#льготы

Негосударственные спортивные школы могут воспользоваться налоговыми льготами

Негосударственные спортивно-образовательные учреждения могут воспользоваться налоговыми льготами, установленными Налоговым кодексом для юрлиц, осуществляющих деятельность в социальной сфере.

Сюда относятся учреждения, которые оказывают следующие услуги:
образования;
проведения в спортивных сооружениях, школах, клубах оздоровительной направленности занятий физической культурой и спортом в учебных группах и командах по видам спорта, а также услуги общей физической подготовки;
проведения спортивных соревнований или праздников, спортивно-зрелищных мероприятий, а также предоставление в аренду спортивных сооружений для подготовки и проведения таких мероприятий;
предоставления спортивно-технического оборудования, тренажеров, инвентаря, спортивной формы.

Какие льготы предусмотрены?

Ставка налога на прибыль в размере 0%.
Освобождаются:
от НДС образовательные услуги;
от налога на имущество объекты образования, физкультуры и спорта;
от земельного налога земельные участки, занятые объектами образования, спортивными и физкультурно-оздоровительными комплексами.

Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter