Get Mystery Box with random crypto!

#raqamlashtirish #tekshiruvdan_oldingi_tahlil Kameral soliq t | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#raqamlashtirish #tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

Buning uchun my3.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portali orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.
“Xizmatlar” oynasidan “Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillar” bo‘limi tanlanadi.
Ushbu bo‘limda “Avtokameral” tizimi orqali soliq turlari kesimida aniqlangan tafovutlar aks etadi.
Soliq turi tanlanadi hamda tafovut mavjud oylar kesimida summalar avtomatik tarzda shakllanadi.

Oy tanlanganda “Avtokameral” tizimida mavjud mezon bo‘yicha tafovut summasi ekranda paydo bo‘ladi.

Maʼlumot tugmasi bosilganda tafovut summasini hisoblash formulasi hamda uning tavsifi aks etadi.

Maʼlumot uchun: Maʼlumotlar har kuni bir marta avtomat tarzda yangilanadi. Mazkur xizmatdan foydalanib soliq hisobotidagi noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarga tuzatish kiritish va soliq organiga aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter