🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

#MXIK Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun yangilangan MXIK | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#MXIK

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun yangilangan MXIKdan foydalaning

2022-yil 10-dekabrdan umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun MXIKlarning yangi takomillashtirilgan roʻyxati amal qilmoqda (havoladan yuklab oling)

Mazkur ro‘yxatda 47 ta optimal MXIK mavjud (avvalgi 306 ta o‘rniga) shundan:
umumiy ovqatlanish taomnomasi - 26 ta;
umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmatlar – 21 ta.

Umumiy ovqatlanish korxonalarida ko'rsatiladigan xizmatlar ro'yxatiga taomni yetkazib berish va olib ketish, bolalar maydonchasi, depozit va boshqalar qo'shildi.

TXKMga murojaat qilish orqali nazorat-kassa mashinalari xotirasidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun MXIKlarni yangilash lozim.

Shu bilan birga, avval chop etilgan cheklarda bugungi kunda nofaol bo‘lgan MXIKdan foydalanilgan bo‘lsa, bunday cheklar uchun isteʼmolchilar xarid summasining 1 foizini qaytarib olishlari mumkin.

MXIKni noto‘g‘ri aks ettirganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llanilmaydi
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari uchun MXIK mavzusidagi onlayn-seminarni Youtubeda ko‘ring.
________________
#ИКПУ

Используйте обновленные ИКПУ для общепита

Для заведений общественного питания
с 10 декабря 2022 года актуален новый усовершенствованный перечень кодов ИКПУ (скачать по ссылке)

В этом перечне – 47 укрупненных ИКПУ (вместо 306-ти), из них:
меню общепита – 26;
услуги в общепите – 21.

В список услуг, оказываемых в заведениях общепита, добавлены – доставка и еда на вынос, детская площадка, депозит и другие.

Напоминаем:
ИКПУ для общепита субъектам предпринимательства необходимо обновить в памяти контрольно-кассовой техники, обратившись к обслуживающим ЦТО.

По ранее пробитым чекам, в которых использованы неактуальные на сегодняшний день ИКПУ, покупатели смогут получить причитающийся им возврат 1% от суммы покупки (кешбэк).

За неправильное отражение ИКПУ финансовые санкции не применяются
Смотрите онлайн-семинар, посвященный ИКПУ для общепита на Youtube

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter