Get Mystery Box with random crypto!

#MXIK Milliy katalogning elektron versiyasi yangilangan Mahs | Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

#MXIK

Milliy katalogning elektron versiyasi yangilangan

Mahsulot va xizmatlarning Yagona elektron milliy katalogining yangilangan talqinida quyidagi yangi funksiyalar mavjud:

MXIKlarining har bir bo‘limi uchun qulay qidiruv tizimi;

tovarlar va xizmatlarga biriktirilgan qatʼiy va tavsiya etilgan o‘lchov birliklarini ko‘rish;

tovar va xizmatlarga biriktirilgan imtiyozlar ID raqami;

mahsulot (xizmat)lar kodining butun zanjirini ko‘rish imkoniyati;

katalog tuzilmasi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar.

Yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun tasnif.soliq.uz sayti bosh sahifasining “Elektron katalog” oynasidagi “Jadvalda ko‘rish” tugmasini bosing.

MXIK asosida mahsulotlarga shtrix-kod va QR-kodni generatsiya qilish uchun yaratilgan texnik imkoniyat muhim yangilik hisoblanadi. Bu xususiyat kelgusida MXIKga bog‘langan mahsulotlarning shtrix-kodini (QR-kod) skanerlash orqali aylanmadan olib chiqishni sezilarli darajada soddalashtiradi.

Shuningdek "Mahsulot haqida batafsil ma'lumot" yangi bo‘limi qo‘shildi. Unda mahsulot (xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi va h.k.) haqidagi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Mahsulot kartochkalari bosqichma-bosqich to‘ldirib boriladi.

Elektron katalogni alohida Excel faylga yuklasa bo'ladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter