🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal S
Logo of telegram channel soliqnews — Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Channel address: @soliqnews
Categories: Economics , Investments
Language: English
Subscribers: 92.44K
Description from channel

soliq.uz
📨https://t.me/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar:24/7rejimda 📞1198
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
E-mail: org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


The latest Messages 301

2021-08-25 09:23:51 #sertifikat #IT

DSQ xodimlari CISCO CCNA v.7.0 sertifikatlash kursini tamomladi

Ushbu kurs zamonaviy telekommunikatsiya uskunalarini boshqarish bo‘yicha malaka oshirishga mo‘ljallangan.

Davlat soliq xizmati organlarida raqamlashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

DSQ Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda. Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi tubdan yangilanib, elektron xizmatlar ko‘rsatish sifati va hajmi tobora kengaymoqda.

Natijada yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Shu bois, DSQda doimiy ravishda xodimlar malakasini oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Mutaxassislar kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi yetakchi kompaniyalar tomonidan tashkil etilayotgan maxsus kurslarda muntazam ravishda o‘qitilmoqda.

Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasining 12 nafar xodimi tarmoq uskunalarni boshqarish bo‘yicha “CISCO CCNA v.7.0” kursida o‘qib professinoal salohiyatini oshirdi.

Tinglovchilar o‘quv kursi davomida arxitektura, modellar, protokollar va tarmoq elementlari hamda Davlat soliq qo‘mitasi faoliyati va uning ustuvor vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan amaliy tajribalar orttirdi.

Kurs yakunida barcha xodimlarga maxsus sertifikatlar berildi. Sertifikatlarni Davlat soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Elmuradov topshirdi.
___________

Сотрудники ГНК прослушали сертифицированный курс CISCO CCNA v.7.0

Данный курс направлен на повышение квалификации по управлению современным телекоммуникационным оборудованием.

В органах государственной налоговой службы осуществляются комплексные меры по цифровизации и широкому внедрению современных информационных и коммуникационных технологий.

Поэтапно модернизируется Центр обработки данных ГНК, обновляется информационно-коммуникационная инфраструктура, при этом качество и объем электронных услуг налоговых органов продолжает расти.

В результате нововведений возрастает потребность в высококвалифицированных специалистах. Поэтому особое внимание ГНК уделено постоянному повышению квалификации сотрудников.

Специалисты регулярно проходят обучение на специальных курсах, организованных ведущими компаниями в области обучения и повышения квалификации.

В частности, 12 специалистов Государственного налогового комитета, пройдя курс «CISCO CCNA v.7.0» по управлению сетевым оборудованием, повысили свою профессиональную компетентность.

В рамках учебного курса слушатели получили практические знания об архитектурах, моделях, протоколах и элементах сетей, необходимых для обеспечения функционирования и решения приоритетов Государственного налогового комитета.

По окончании курса советник председателя Государственного налогового комитета Алишер Элмурадов вручил всем сотрудникам специальные сертификаты.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.5K views06:23
Open / Comment
2021-08-25 09:23:51
8.6K views06:23
Open / Comment
2021-08-25 07:28:20
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. (24.08.2021-yil, PQ-5231-son)

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
13.2K views04:28
Open / Comment
2021-08-24 18:16:34 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ochiq muloqotda bildirilgan takliflar qonunchilikka kiritildi

Mamlakatimiz Prezidenti “Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorda joriy yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida bildirilgan takliflarni qonunchilikka kiritish, insofli soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishlari uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratish nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiq

2021-yil 1-oktabrdan
eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi soliq to‘lovchining O‘zbekistondagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qatʼi nazar, hisobga olinadi.
Ushbu tartib oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida taʼminlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan – intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi.

Bunda tovarlar “eksport” bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan eʼtiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga kelib tushmagan taqdirda, QQSning hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

2022-yil 1-yanvardan:
qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;
soliq to‘lovchiga tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda QQS salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirish huquqi beriladi.

Qarorda qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobot shakllariga QQS salbiy miqdorini qoplab berish (qaytarish) bo‘yicha soliq organlariga murojaat qilish aks ettiruvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ham nazarda tutilgan.

2021-yil yakuniga qadar tegishli vazirlik va davlat organlari tomonidan tovarlarni import qilishda va mahsulot (xizmat)larni realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi ishlab chiqiladi.
Mazkur tartib 2022-yil 31-dekabrgacha tajriba tariqasida amaliyotga joriy etiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
6.1K viewsedited  15:16
Open / Comment
2021-08-24 18:15:41
4.9K views15:15
Open / Comment
2021-08-24 16:57:46 #e_aktiv

“E-aktiv (E-ombor)” tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron tizimi yaratildi

Davlat soliq qo‘mitasi “E-aktiv (E-ombor)” – tovar-moddiy resurslar harakatini hisobga olishning elektron axborot tizimini sinovdan o‘tkazmoqda.

Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-5171-son 2.07.2021 y.) bilan 2021-yil 2-sentabrdan 24 ta korporativ va 7 ta budjet buyurtmachilari yangi axborot tizimidan foydalanishga o'tadi.

“E-aktiv (E-ombor)” axborot tizimi tadbirkorlik subyektiga mahsulotlar kirimi va qoldig‘i hisobini onlayn yuritish va kuzatib borish imkonini beradi.
Shuningdek, tizimda tovarlar uchun bir yoki bir nechta ombor yaratish, “tovarlar kirimi” va “tovarlar chiqimi” bo‘limlari orqali ularni ombordan omborga olib o‘tish mumkin.

“E-aktiv (E-ombor)”
tizimining EHF tizimiga integratsiya qilinganligi tadbirkorlik subyektlari tomonidan kirim qilinmagan tovarlarni sotish bo‘yicha EHF rasmiylashtirish holatlariga chek qo‘yadi.
Realizatsiya jarayonida EHFlarda MXIKlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiqligini hamda barcha shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

“E-aktiv (E-ombor)” –
tovarlar realizatsiyasi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda korrupsiya omillarini bartaraf etishga xizmat qiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
19.8K viewsedited  13:57
Open / Comment
2021-08-24 12:26:42 #yutuqli_oyinlar
#8tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi g‘oliblari Qoraqalpog‘istonda aniqlanadi!

Yutuqli chek o‘yinlarinng navbatdagi VIII tiraji 26-avgust kuni Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yinni soat 22:00da "O‘zbekiston" telekanalida jonli efirda tomosha qiling.

Diqqat VIII tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish 25-avgust kuni ( 23:59:59da) yakunlanadi.

26-avgust 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar IX tirajda ishtirok etadi.

Shoshiling! Chekning QR-kodini Soliq, Payme yoki Click mobil ilovalaridan birida skaner qiling yoki 12 xonali fiskal belgisini (FB/FP) 1077 raqamiga SMS tarzida yuboring.

25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – Chevrolet Spark avtomobili yutib olish imkoniyatiga ega boling.
_________________________
#призовые_игры

Очередных победителей призовых чековых игр определят в Каракалпакстане

VII тираж чековых игр состоится 26 августа в городе Нукус.

Смотрите прямой эфир розыгрыша в 22:00 на телеканале "O'zbekiston".

Внимание регистрация чеков для VIII тиража завершается 25 августа (в 23:59:59).

Чеки, зарегистрированные с 00:00 часов 26 августа, принимают участие в IX тираже.

Торопитесь! Сканируйте QR-код чеков в одном из мобильных приложений Soliq, Payme или Click либо отправляйте 12-тизначный фискальный признак чека (ФП/FB) на номер 1077 в форме SMS-сообщения.

У вас есть шанс выиграть 25 ценных призов, в том числе, автомобиль Chevrolet Spark.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
10.5K views09:26
Open / Comment
2021-08-24 12:26:42
9.4K views09:26
Open / Comment
2021-08-24 10:53:02
#infografika
9.4K views07:53
Open / Comment
2021-08-23 17:45:01 #коррупцияга_қарши_курашиш

Давлат солиқ қўмитаси коррупцияга қарши курашиш бўйича “ISO37001:2016“ халқаро сертификатини қўлга киритди

Кейинги йилларда солиқ соҳасида амалга оширилаётган ислоҳотлар, жумладан, солиқ органларини хизмат кўрсатиш йўналишига трансформация қилиш, соҳага рақамли технологияларни кенг жалб этиш натижасида инсон омилини чеклаб, коррупция ҳолатларига барҳам бериш борасида самарали ишлар олиб борилмоқда.

Соҳада коррупцияга қарши курашиш механизми ва фаолият шаффофлигини таъминлашга қаратилган чора-тадбирларнинг тизимли равишда йўлга қўйилганлиги “CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти аудиторлари хулосасида ҳам қайд этилди.

“CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти томонидан бир йил давомида Давлат солиқ қўмитаси фаолиятининг ISO37001:2016 халқаро стандарт талабларига мувофиқлиги бўйича аудит ўтказилди. Унда халқаро стандартлар бўйича аниқланган номувофиқликларни бартараф этиш ва коррупцияга қарши курашиш тизимини такомиллаштириш юзасидан тавсиялар берилди.

Қўмита марказий аппарати 14 та тузилмасининг “ISO37001:2016 коррупцияга қарши курашиш менежмент тизими” бўйича ички идоравий ҳужжатлари таҳлил қилиниб, раҳбар ва масъул ходимлар билан суҳбатлар ўтказилди.

Шунга асосан, Давлат солиқ қўмитаси марказий аппарати ходимлари томонидан қисқа муддат ичида коррупцияга қарши курашиш механизмлари халқаро стандартларга тўла мослаштирилди.

Аудиторлар Давлат солиқ қўмитасида “ISO37001:2016 коррупцияга қарши курашиш менежмент тизими”, хусусан, коррупцияга қарши курашиш механизми яхши йўлга қўйилганлиги, раҳбар ва масъул ходимлар ўз хизмат вазифасига жиддий ёндашишини қайд этди.

Аудит якуний натижалари бўйича ўтказилган йиғилишда Давлат солиқ қўмитасига ISO37001:2016 халқаро стандарти бўйича сертификат берилишини маълум қилди.

Бугун, 23 август куни “CERT International” ихтисослашган халқаро ташкилоти томонидан Давлат солиқ қўмитасига ISO37001:2016 халқаро стандарти бўйича сертификати топширилди.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
9.4K views14:45
Open / Comment