🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

Erinmay o'qing In Shaa Alloh foydali. Ilm olishda , o'rganis | Speaking Academy🎙️

Erinmay o'qing In Shaa Alloh foydali.

Ilm olishda , o'rganishda dangasalik qilayabsizmi?(Bu menda ham bor kasallik)
Hozir sizga haqiqiy motivatsiya beraman.
Bu postni saqlab qo'ying va Dangasalik, charchoq kelgan vaqti shu postni o'qing. In Shaa Alloh yordam beradi.


Ilm o'rganish bandalar ustida ulug' burchdir. Alloh ta'olo: "Bilmagan ishlaringizni bilgan kimsalardan o'rganingiz" deya buyurgan. Yana bir boshqa oyatda " Aytning: Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo'lurmi?! Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar"( Zumar surasi. 9 - oyat.)
Payg'ambarimiz sollalohu alayi vassallam dan ushbu hadislar rivoyat qilinadi:
1) Har bir musulmon uchun ilm izlash farzdir.
2) Ilm tahsil etuvchilardan Alloh rozi bo'lib, farishtalar qanotlarini yozib turadilar.
3) Ilm yo'liga kirgan kimsani Alloh ta'olo jannat yo'liga yo'llaydi.
4) Alloh ta'olo: " Farishtalar yer ko'k ahli, xatto o'z inlarida bo'lgan chumolilar, suvda bo'lgan baliqlar ham ilm o'rgatuvchiga rahmat ham duo qilurlar" degan.
5) Ilm istab chiqqan kimsa qaytib kelguncha Alloh ta'olo yo'lida yurgan hisoblanadi.
6) Qiyomat kunida payg'ambarlar, keyin olimlar so'ng shahidlarga shafoat qiladilar.
7) Ozgina ilm ko'p ibodatdan yaxshiroqdir.
8) Ilm izlash asnosida vafot etgan kishi payg'ambarlardan keyingi o'rinda Alloh ta'ologa yo'liqadi.
9) Olimlar payg'ambarlarning merosxo'rlaridir.
Bulardan boshqa hadislar ham ko'p. Shunday ekan, barchamiz ilm izlash borasida kelgan oyat va hadislarga muvofiq, ilm o'qimog'imiz lozim, zero bu ulug' baxt va saodatimizga sabab bo'ladi.

"Ilmning o'n to'rt qanoti" kitobidan

Ilm yo'lida yurgan yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying .
@speakingwithMrBaha