🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

'Fluency' deganda nima nazarda tutiladi? Ko'pchilik ingliz ti | REAL ENGLISH || BLOG

"Fluency" deganda nima nazarda tutiladi?

Ko'pchilik ingliz tilida "fluently" gapirish haqida gap ketganda "perfect" gapirish kerak ekan deb o'ylashadi. Aslidachi?

Ingliz tilida "fluently" gapirish deyilganda – ingliz tilida erkin va ravon, tabiiy, o'ziga ishonch bilan, miyada ortiqcha tarjimalarsiz gapirish nazarda tutiladi. Ingliz tilida erkin va ravon gapirish uchun ingliz tilini mukammal o'rgangan bo'lishingiz, advanced gramatik strukturalar va so'zlardan foydalanishingiz shart emas.

Intermediate darajasidagi til o'rganuvchi ham ingliz tilida bemalol mulaqot qila oladi va "fluency" darajasiga chiqa oladi, albatta ingliz tilini "to'g'ri" o'rgansa.

Bir muhim jihatni eslatib o'tishim kerak, men Speakingda "fluency" ni nazarda tutdim. Boshqa skillarda "fluency" darajaga chiqish alohida katta tema, hozircha unga to'xtalib o'tirmayman.

2 oylik "Intensiv Speaking Course" davomida ingliz tilida mukammal emas, balki erkin va ravon, tabiiy gapirishni o'rgataman.

Kursga yozilish uchun: @Baxtiyor_Toshboyev