🔥 Burn Fat Fast. Discover How! 💪

The fear of not being able to understand your partner. Aksari | REAL ENGLISH || BLOG

The fear of not being able to understand your partner.

Aksariyat til o'rganuvchilarda uchrab turadigan muommolardam biri, doim suhbatga kirishganda "Suhbatdoshim ingliz tilida gapirganda tushunmay qolsam nima qilaman" degan fikr miyasida paydo bo'ladi.

Tushunmay qolsa nima qilishni va bunday vaziyatdan qanday chiqib ketishni o'ylay boshlashadi. E'tibor bering bu kabi fikrlar suhbat jarayonidan oldin boshlanadi, shuningdek suhbat jarayonida ham davom etadi.

Bu esa o'z navbatida diqqatni bo'linishga sabab bo'ladi, diqqati bo'lingan inson esa tabiiyki suhbatdoshini to'liq tushuna olmaydi. Buning sababi listening skilingizni pastligida emas doim ham, ko'pincha bunga sabab sizdagi mantiqsiz fikrlar va qo'rquvdir.

Shunga o'xshash holatlarni oldini olish uchun har doim suhbat jarayonida diqqatingizni bir joyga jamlang, ortiqcha o'y hayollarni miyangizdan chiqarib tashlab etiboringizni faqatgina suhbatga, speaking praktikaga qarating.

P.s Do you have this problem? Leave a comment below.